Qur’on ilohiymi?

Qur’onning ilohiyligini ko’rib chiqqanda, biz uning kelib chiqishining haqiqiyligini aniqlash uchun unga adabiyotning har qanday parchasi kabi qarashimiz kerak.

Islomda Qur’onga shunchalik baland mavqe berilganki, juda ko’p dindorlar orasida U butparastlik ob’ekti darajasiga yaqinlashib qoldi.

Bundan tashqari Islom shunday da’volar qilganki, ular bu kitobning matnidagi isbotlardan chetga chiqib ketadi.

Mormonlarni o’rganganimda, men ularning Islom urf-odatlari bilan ba’zi o’xshashliklarini ko’rdim. Mormonlar oltin lavhalarda yozilgan, farishtalarning yo’rig’i asosida topilgan va transliteratsiya qilish uchun saqlangan ilohiy yozuvlarga ishonishadi.

Shuningdek Jozef Smit aytishicha bitta haqiqiy e’tiqodni topishga harakat qilgan va bu uning ko’pgina uchrashuvlar va ilohiy haqiqatni ko’rishiga olib kelgan.

Ammo bunday ilohiy vahiylarga qaramay “Mormonlar Kitobi” huddi Qur’on kabi benuqson emasdir.

Musulmonlar Qur’on adabiyot manbalarining eng benuqson va chiroylisi deyishi mumkin; bu Islomga asosan, ichki isbot sifatida, Qur’onning ilohiy ilhomga egaligini isbotlaydi.

Va Jozef Smitning Mormonlar kitobi haqidagi fikrilarida huddi shunday deyilgan – bu yozilgan kitoblarning eng benuqsonidir.

Biroq, ikkovi matn ham aytilgan benuqsonlikni tasdiqlay olmay, ilohiy kelib chiqish da’vosini isbotlay olmaydi. Da’vo qilish va bo’lish umuman boshqa narsalardir, va inson o’z gapini isbotlash uchun eng kamida mantiqiy yoki haqiqatga yaqin isbotlar berishi lozimdir.

Boshlanishidan, Qur’on bittagina shubhali insonga asoslanadi.

Muhammadda vahiylarning boshlanishidan o’zining aql-idrokida shubha paydo bo’lgan, chunki u jinni yoki shoir ekanligini bilmas edi. U o’zini jinlar ta’sirida bolishi mumkinligidan shubhalanadi, chunki bu vahiylarni olish bilan bog’liq u bilan okkultizm ruhidagi g’alati hodislar ro’y bergan, masalan og’iz ko’piklashishi yoki tuya kabi bo’kirish. Payg’ambarga oid yana bir savol nega Olloh yozma haqiqatni aytish uchun yozish va o’qishni bilmaydigan odamni tanlagan, va bu haqiqat bu insonning hayoti davomida birlashtirilib yozilmagan ham.

Men yana bu haqida boshqa quyidagi adresdagi blogda aytib o’taman,

jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/muhammad-sohta-payggambarmi/

Shuningdek, Qur’onga aloqador bo’lgan masalalarning biri matnning aslligidir, chunki Qur’on o’zining adabiyotini ikkilamchi manbalardan oladi. Bu manbalar Bibliya va ilohiy ilhomga to’g’ri kelmaganligi sababli e’tiqod jamoasidan tashqarida bo’lgan Iudei Xristian shubhali adabiyotlar kabi turli bid’atchi doktrinalardir. Budnay shubhali yozuvlar Yahudiy va Xristian madaniyati mazhablariga yaqinalshitirilgan va hech qachon jiddiy qaralmagan.

Bu adabiyotdan tashqari og’zaki Fors olovparastlar urf-odatlarining ta’siri ham bo’lgan, va ular Qur’oniy yozuvlarga kiritilgan.

Olloh qanday qilib  ilohiy habarni erlik payg’ambarlar xatoliklaridan va insonlarning urf-odatlaridan oladi?

Mukammal emas deb hisoblanganligi sababli adabiyot kelib chiqqan jamiyat tomonidan rad etilgan inson tasavvurining ixtirosidan qanday mukammallik yoki mo’jizaga erishish mumkin?

Agar Islom oliy din bo’lsa, unda nega u o’z dastlabki materiallari bilan paydo bo’lmay Islom dinining o’sha paytidagi atrofida bo’lgan boshqa diniy harakatlarning qoldiqlaridan olgan? Bu qanchalik originaldir?

Yana bir kelib chiqadigan savol bu ilohiy hisoblangan matnni taqqoslashdir, chunki bu matn suyak, yog’och, teri, barglar va toshlar kabi oddiy va parchalangan bo’laklarda yozilgan edi.

Qur’on shuningdek xatoga moyil xotiradan va nutqlardan dalil olish orqali birlashtirilgan, bunday dalillar ischonchli bo’lishi uchun hammasini aniq eslash kabi aniqlik talab qiladi.

Qanday bo’lmasin bu “hamma kitoblar onasi” deyiglan buyuk adabiyot parchasini sifatida talqin etish kerakmi, yoki buning aslida qadimgi adabiyotning har qanday boshqa parchasidan farqi yo’qmi?

Qur’onning birlashtirilishi Muhammadning tirikligida yoki vafotidan biroz keyin ham amalga oshirilgani hech qachon isbotalnmagan, aksinchca, dalillarga asosan Qur’on payg’ambarning o’limidan 150-200 yil keyingi davr davomida rivojlangan va birlashtirilgan, va oqibatda 8 yoki 9 asrda qonunlashtirilgan.

Olimlarning aytishicha, Qur’onning oyatlari bir inson emas, balki bir necha inson tomonidan ikki yuz yil davomida to’plangan.

Qur’onning eng eski nusxasi Ma’il yozuvida milodiy 790 yilda yozilgan, bu Muhammadning o’limidan 150 yil o’tganidan keyindir.

Hatto bizgacha etib kelgan eng eski qo’lyozmaning parchalarining Muhammadning o’limi bilan farqi kamida 100 yildir.

Bundan tashqari, Usmonning nusxalari hozir mavjud emas va Islom olimlari bu nusxalar mavjud deyishiga qaramay, aslida bu bahsli matnlar yozilgan Kufiy yozuvning o’zi Usmon davrida ishlatilmagan, va Usmonning vafotidan 150 yil keyin paydo bo’lgan.

Shuningdek, aytishlaricha Arab tili Ollohning jannatiy tilidir va agar Qur’on Ollohdan yaralgan bo’lsa, nega Qur’on o‘z xabarlarini etkazishda boshqa tillardan foydalangan, masalan Akadiya, Assiriya, Fors, Siriya, Ivrit, Yunon, Aramey va Efiop tillaridan.

Agar Qur’on shunchalik asl bo’lsa, nega bizda asl matn yoq, ahir Islomdan avvalgi matnlar to’laligicha va buzilmagan holda etib kelganku? Albatta Olloh o’z cheklanmagan kuchi bilan o’z ilohiy matnini saqlab qolishi mumkin edi.

Qur’onning tarixi masalasiga kelganda, u aytishlaricha Muhammadning shaxsiy kotibi bo’lgan Zaid ibn Tobitning ko’rigi ostida birlashtirilgan. Zaid Abu Bakrning amriga asosan Muhammadning gaplarini yozib borishi lozim bo’lgan.

Natijada, uchinchi halifa Usmon hukmronligi davrida, Qur’onni standartlashtirish va butun musulmon jamoatiga bir matnni yuklatishga harakat amalga oshirilgan, natijada Zaidning qo’lyozmasidan nusxa ko’chirilgan va boshqa raqobatchi matnlar yo’q qilingan.

Muhammadning sahobalarini o’z ichiga olgan e’tiqod qiluvchilar jamoatiga qarshi bir odam so’nggi ishonchli manba bo’lganidan keyin qanday qilib bu matn standart deb hisoblanishi mumkin?

Shunday qilib hozir bizda nusxaning nusxasi va oldingi matn bor. Bizning qo’limizdagi matn haqiqiy Qur’on ekanligini va Muhammad bu matnning tarkibini umuman tan olgan bo’lishini qayerdan bilamiz?

Shuningdek qo’lyozma dalillarning asosiy qismi yo’q qilingan va biz sof matnni qayta shakllantirishimizning to’g’ri yo’li yo’qdir.

Zaid, Abdulloh ibn Mas’ud, Abu Muso va Ubayning to’rt qo’lyozmalari orasida farq bor, har birida o’zgartirishlar, o’chirib tashlashlar bor, matn yozuvchilarning har biri Muhammadning ishonchli odamlari bo’lgan.

Abdulloh Mas’ud Muhammad tomonidan Qur’onni yoddan aytish o’qituvchisi qilib tayinlangan, va Ubay payg’ambarning kotibi bo’lgan.

Mening savolim shunday – qaysi qo’lyozma payg’ambarning sahobalari orasida to’g’ri yoki ishonchliroq hisoblangan?

Boshqa jamoalar tomonidan tan olingan ishonarli matnlar bo’lganida, nega Usmon to’g’rilikning eng ohirgi hakami bo’lib qolgan?

Shuningdek Zaid matnni to’plaganida “tosh otish”ga aloqador bo’lgan ba’zi hioyalarni qo’shish esidan chiqqan.

Endi matnni birlashtirish uchun qilingan butun urinishlardan keyin, Kufaning boshlig’i bo’lgan Al-Hajjaj tomonidan matn qayta ko’rib chiqilgan va tuzatilgan.

U avvaliga 11 matnni o’zgartirgan va keyinchalik o’zgarishlar yettitagacha kamaytirilgan.

Bu harakatlardan keyin, Hafsah matni (ushbu asl matndan ohirgi matn olingan) keyinchalik Mirvon, Madina boshlig’i tomonidan yo’qotilgan. 

Qur’onning yana bir xususiyati bu bekor qilishdir, bu ichki qarama-qarshiliklarni to’g’irlashning yo’li bo’lib, matnning yaxshilanishi deb tasvirlangan.

Men hayron qolaman qanday qilib siz mukammal parchani to’g’irlashingiz mumkin, chunki bu vahiy faqatgina 20 yillik davrni o’z ichiga olgan, va madaniy mezonlarning rivojlanishiga yordam berish uchun hech qanday yaxshilashga muhtoj bo’lmagan?

Bekor qilishlarning soni 5 bilan 500 orasida deb aytilgan. Boshqalar aytishicha bu raqam 250ga yaqindir. Bu bizga shuni ko’rsatadiki, bekor qilish aniq fan emasdir, chunki nechta oyat bekor qilinishi lozimligini hech kim bilmaydi.

Ichki qarama-qarshiliklardan tashqari, ilmiy va grammatik hatolar ham bor.

Bu tafovutlarning hammasiga yana 9-asrda, yani 250 yildan keyin, juda ko’p yangi Hadislar qo’shilgan.

O’sha payta aytilgan 600.000 asl hadislardan faqatgina 7.000tasi qolgan, shunday qilib bu urf-odatlarning 99% ni hatolik deb hisoblangan.

Agar 99% noto’g’ri bo’lsa, biz Al-Buxoriy tasdiqlagan 1% ga qanday ishonishimiz mumkin?

Musulmon urf-odatlari shuningdek hikoya aytuvchilar yoki Kussaslarning og’zaki yetkazgan hikoyalari orqali rivojlangan, ularning asarlari 8-asrdagina to’plangan. Bu hikoyalar oddiy folklordan olingan va bezatilgan edi, va shu bilan Islomga yanada katta o’zagartirish kiritilgan.

Shuningdek, agar siz qachonlardir bir hikoyani telefon orqali yoki ko’pchilikka birma-bir aytish o’yinini o’ynagan bo’lsangiz, oxirgi aytib beradigan insonning hikoyasi asl hikoyadan umuman farq qiladi.

Endi buni bir necha asrlarga cho’zing, bunday tajribaning natijasi qanday bo’ladi deb o’ylaysiz?

Qur’on Ollohning andazasi yoki adabiy jihatdan tengsiz bo’lgan mo’jizalarning eng katta mo’jizasi deb hisoblanishi ko’p jihatdan asoslanmaganligi sababli ko’proq mubolag’aga o’xshamoqda.

Qur’on javob bergan savollardan ko’ra javob bermagan savollari ko’proqdir.

Qur’on tom ma’noda a’lo darajadagi adabiyot parchasimi yoki o’zining da’volarini asoslay olmaydimi? U boshqa adabiyot parchasi tenglasha olmaydigan chiroyga egami? Bu masala eshituvchinig qulog’iga bog’liq, chunki boshqalarning fikrlariga ko’ra, bu adabiyot janrida, Qur’on tomonidan ko’chirilgan klassik adabiyotning ko’p chiroyli asarlari bordir.

Eng mukammal bo’lishi kerak bo’lgan kitob uchun u ko’pincha mantiqsiz va joylarda yomon tahrir qilingan va uning haqiqiyligiga obyektiv nazar tashlay oladigan boshqalarning tanqid va sinchkov nazariga tik turib bera olmaydigan deb tasvirlangan.

Bu harakat ichidagi boshqalar uchun bu aqlsiz tobelikka shubhasiz yon bosish bilan itoatkorlikcha qabul qilishdir, va bu sig’inuvchini uning ma’nosi haqida tanqidiy fikr qilishdan saqlaydi.

Matnni shubhaga tutish Ollohni o’zini va uning payg’ambarini shubhaga tutish bilan barobardir, va bu musulmon fikrida abadiy va daxshatli oqibatlarga olib keladi.

Qur’onning Islom butun o’tish bosqichlaridan sog’-omon qolishini mo’jiza deb aytishingiz mumkin, ammo men shuni aytmoqchimanki, dalillarga asosan, ushbu habarlarning ilohiy vahiy ekanligiga ishonishim uchun mo’jiza kerakdir.

Xulosa qilib aytganda, mening Qur’on haqida boshqa izohlarim yo’q. Men faqatgina shuni umid qilamanki, men o’z fikrlarimni izhor qilishda ochiq-oydin ifodalar ishlatib oshirib yubormaganman va mening musulmon o’rtoqlarimga nisbatan hurmatsizlik bildirmaganman.

Bunday qilish aslida juda qiyin, chunki qachonki din shaxsiy e’tiqod ichiga chuqur kiritilganida, diniy fikrlashga qarshi har qanday undov tahdid yoki adovatning turi sifatida ko’riladi.

Agar siz muqaddas deb hisoblagan matnga nisbatan shubha o’yg’otish o’rniga men faqatgina g’azabingizni keltirgan bo’lsam meni kechirishingizni iltimos qilaman.

Mening niyatim xafa qilish emas, balki haqiqatni himoya qilishdir va haqiqat yo’lida qayerga olib kelishidan qat’iy nazar davom etishdir.

Bu masalada ko’proq ma’lumotni Jay Smit tomonidan yozilgan maqolalardan olishingiz mumkin, men bu blogni yozayotganimda bu manbalardan foydalanganman. 

 

 

 

Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish

jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/hudo-bilan-qanday-munosabatda-bolish/

 

Boshqa manbalar

Musulmon va Islomiy manbalar

jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/

jesusandjews.com/wordpress/2009/11/09/is-the-quran-sacred/

Leave a Reply