Archive for the ‘Oʻzbek-Uzbek’ Category

Siz nega musulmonsiz?

Friday, January 4th, 2013

Siz nega musulmonsiz? Siz bu savol ustida haqiqatdan ham bosh qotirib, bu haqida oylab kordingizmi? O’zingiz haqiqatga yo’l topganingiz uchunmi, yoki qandaydir yangilik olganingiz uchumni, yoki hayotga boshqacha bir nazar bilan qarash imkoniyatini topganingiz uchunmi? Siz Hudo bilan qandaydir shaxsiy va yashirin munosabatlar sababli tabiiy ravishda Islom diniga kiritildingizmi?

Sizning hozirgi madaniyatingiz va jamiyatingiz sizni shunday ta’riflaganligi uchun musulmonmisiz? Siz AQShning bibliya ta’siridan tashqaridagi joyida tug’ilib katta bo’lganingizni faraz qiling. Shunday holatda, Islom dinini qabul qilish yoki Islom diniga ishonish imkoniyatlaringiz qanday bo’lar edi?

Sizda tanlash imkoniyati yo’qligi sababli va boshqacha ish tutsangiz hamma narsadan ayrilishingiz mumkinligi uchungina musulmonmisiz? Faraz qiling, din tanlovi imkoniyatini beradigan demokratik davlatda tugilgansiz. Hali ham musulmon bo’larmidingiz?

Oilangiz sizdan shuni kutayotganligi va ular sizning dunyoqarashingiz va qadriyatlaringizni belgilaganligi uchun musulmonmisiz? Siz ishonchlaringizni o’zingiz tanlash imkoniyatini beradigan va tanlovingizdan qat’iy nazar shu tanlovingizni to’liqligicha qabul qiladigan oilaga tegishli bo’lganingizda-chi?

Hamma shunday bo’lganligi uchun musulmonmisiz? Siz ishonchlar har-hilligini qo’llab-quvvatlaydigan madaniyatga tegishli bo’lganingizda-chi? Bu sizni Islom dinini qabul qilishga ruhlantirarmidi?

Siz Islom yagona haqiqiy din bo’lganligini diniy boshliqlar tomonidan aytilganligi va ta’limot tizimi orqali o’rgatilganligi uchun musulmonmisiz? Hudosiz hayot haqidagi butunlay boshqacha qarashlar mavjud bo’lgan ateistik davlatda tug’ilganingizni faraz qiling. Hali ham musulmon bo’larmidingiz?

Musulmon bo’lmaganlikdan, yoki bu e’tiqodni qabul qilmaslikning oqibatlaridan qo’rqqanligingiz uchun musulmonmisiz? Agar ushbu qo’rquv va siquvlar bo’lmaganida-chi? 

Islom qandaydir darajada geografik joyga tegishli bo’lgan rasm-rusum, odat bo’lishi ehtimolligi bormi?

Inson diniy tizimga shunchalik kirib, uning ta’siridan chiqib ketish deyarli ilojsiz bolishi mumkinmi?

Faqatgina bizga aytilgan narsalarga ko’r-ko’rona idrok bilan shubhasiz ishonish mumkinmi?

Inson tashqi ta’sirlardan tashqarida qoladigan darajada madaniyat ichida ajralib qolishi mumkinmi?

Din siyosiy dasturni amalga oshirish uchun insonlarni boshqarish va manipulyatsiya qilish yo’li bo’lishi mumkinmi?

Din sizning shaxsiy hissiyotini yo’qotishga olib kelishi mumkinmi?

Siz bu blog haqida o’ylagandan keyin hali ham Islomga e’tiqodingizga to’lig’icha qat’iy bo’larmidim yoki shubhalar paydo bo’lar edi deb o’zingizga vijdonan aytishingiz mumkinmi? Agar siz hali ham e’tiqodingizda qat’iy bo’lsangiz, siz faqatgina hato qilishga yo’l qo’ymaydigan kuchli g’urur tuyg’usi tufayli musulmon bo’lishingiz mumkinmi? Sizning ortiqcha ishonchingiz aldanib qolishingizga olib kelishi mumkinmi?

Shunday bo’lsa sizning musulmon bo’lishdagi haqiqiy maqsadingiz nima? Bu haqiqatga aloqador masalami yoki bu sizning madaniyatingiz orqali tushuntirilishi mumkinmi?

Islom rivojlanishining ko’p qismi harbiy zabtlar va bolalar tug’ilishi orqali amalga oshirilgan. Bu e’tiqodga vijdonli yoki haqiqiy yondashuvmi?

Har qanday holatda ham Islomda shubhaga ega bo’lgan musulmonlar doim bo’lgan va ular Isoga ishonib sehrli ravishda bu qal’adan chiqib ketishga muvaffaq bo’lishgan. Men shuningdek blogimda shubha va qo’rquvlarini engishning boshqacha usullarini topgan sobiq musulmonlarning iqrorlari bor bo’lgan band qo’yganman.

Hulosa qilib men sizga shuni taklif etaman – ushbu iqrorlarni o’qing va undan keyin Hudodan sizga Isoni shunday qilib va shunday joyda ko’rsatishni so’rangki, siz Hudoga Parvardigor va Qutqaruvchi sifatida ishoning.  Shundoq ham tushishingiz gumon bolgan jannatga qandaydir ravishda sizning tushishingizga halaqit beradi deb oylab, qo’rquv sizni bunday qilishdan to’htatmasin.

 

 

Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish

jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/hudo-bilan-qanday-munosabatda-bolish/

 

Boshqa manbalar

Musulmon va Islomiy manbalar

jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/

jesusandjews.com/wordpress/2009/06/14/why-are-you-a-muslim-2/

Musulmon va Islomiy manbalar

Friday, January 4th, 2013

Bibliya

ibtrussia.org/en/ebook?id=UZB/latn 

 

 

 

To’rt Ruhiy qonun 

 

 

 

 

Iso haqida kino

api.arclight.org/videoPlayerUrl?refId=1_3888-jf-0-0&parentSessionId=50be5ea64a9ba4.51531128&apiSessionId=51098a367d3f92.47920634-008&playerStyle=default 

 

  

 

Boshqa manbalar

 www.bible.is/UZBIBT/Matt/1/D 

Qur’on ilohiymi?

Friday, January 4th, 2013

Qur’onning ilohiyligini ko’rib chiqqanda, biz uning kelib chiqishining haqiqiyligini aniqlash uchun unga adabiyotning har qanday parchasi kabi qarashimiz kerak.

Islomda Qur’onga shunchalik baland mavqe berilganki, juda ko’p dindorlar orasida U butparastlik ob’ekti darajasiga yaqinlashib qoldi.

Bundan tashqari Islom shunday da’volar qilganki, ular bu kitobning matnidagi isbotlardan chetga chiqib ketadi.

Mormonlarni o’rganganimda, men ularning Islom urf-odatlari bilan ba’zi o’xshashliklarini ko’rdim. Mormonlar oltin lavhalarda yozilgan, farishtalarning yo’rig’i asosida topilgan va transliteratsiya qilish uchun saqlangan ilohiy yozuvlarga ishonishadi.

Shuningdek Jozef Smit aytishicha bitta haqiqiy e’tiqodni topishga harakat qilgan va bu uning ko’pgina uchrashuvlar va ilohiy haqiqatni ko’rishiga olib kelgan.

Ammo bunday ilohiy vahiylarga qaramay “Mormonlar Kitobi” huddi Qur’on kabi benuqson emasdir.

Musulmonlar Qur’on adabiyot manbalarining eng benuqson va chiroylisi deyishi mumkin; bu Islomga asosan, ichki isbot sifatida, Qur’onning ilohiy ilhomga egaligini isbotlaydi.

Va Jozef Smitning Mormonlar kitobi haqidagi fikrilarida huddi shunday deyilgan – bu yozilgan kitoblarning eng benuqsonidir.

Biroq, ikkovi matn ham aytilgan benuqsonlikni tasdiqlay olmay, ilohiy kelib chiqish da’vosini isbotlay olmaydi. Da’vo qilish va bo’lish umuman boshqa narsalardir, va inson o’z gapini isbotlash uchun eng kamida mantiqiy yoki haqiqatga yaqin isbotlar berishi lozimdir.

Boshlanishidan, Qur’on bittagina shubhali insonga asoslanadi.

Muhammadda vahiylarning boshlanishidan o’zining aql-idrokida shubha paydo bo’lgan, chunki u jinni yoki shoir ekanligini bilmas edi. U o’zini jinlar ta’sirida bolishi mumkinligidan shubhalanadi, chunki bu vahiylarni olish bilan bog’liq u bilan okkultizm ruhidagi g’alati hodislar ro’y bergan, masalan og’iz ko’piklashishi yoki tuya kabi bo’kirish. Payg’ambarga oid yana bir savol nega Olloh yozma haqiqatni aytish uchun yozish va o’qishni bilmaydigan odamni tanlagan, va bu haqiqat bu insonning hayoti davomida birlashtirilib yozilmagan ham.

Men yana bu haqida boshqa quyidagi adresdagi blogda aytib o’taman,

jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/muhammad-sohta-payggambarmi/

Shuningdek, Qur’onga aloqador bo’lgan masalalarning biri matnning aslligidir, chunki Qur’on o’zining adabiyotini ikkilamchi manbalardan oladi. Bu manbalar Bibliya va ilohiy ilhomga to’g’ri kelmaganligi sababli e’tiqod jamoasidan tashqarida bo’lgan Iudei Xristian shubhali adabiyotlar kabi turli bid’atchi doktrinalardir. Budnay shubhali yozuvlar Yahudiy va Xristian madaniyati mazhablariga yaqinalshitirilgan va hech qachon jiddiy qaralmagan.

Bu adabiyotdan tashqari og’zaki Fors olovparastlar urf-odatlarining ta’siri ham bo’lgan, va ular Qur’oniy yozuvlarga kiritilgan.

Olloh qanday qilib  ilohiy habarni erlik payg’ambarlar xatoliklaridan va insonlarning urf-odatlaridan oladi?

Mukammal emas deb hisoblanganligi sababli adabiyot kelib chiqqan jamiyat tomonidan rad etilgan inson tasavvurining ixtirosidan qanday mukammallik yoki mo’jizaga erishish mumkin?

Agar Islom oliy din bo’lsa, unda nega u o’z dastlabki materiallari bilan paydo bo’lmay Islom dinining o’sha paytidagi atrofida bo’lgan boshqa diniy harakatlarning qoldiqlaridan olgan? Bu qanchalik originaldir?

Yana bir kelib chiqadigan savol bu ilohiy hisoblangan matnni taqqoslashdir, chunki bu matn suyak, yog’och, teri, barglar va toshlar kabi oddiy va parchalangan bo’laklarda yozilgan edi.

Qur’on shuningdek xatoga moyil xotiradan va nutqlardan dalil olish orqali birlashtirilgan, bunday dalillar ischonchli bo’lishi uchun hammasini aniq eslash kabi aniqlik talab qiladi.

Qanday bo’lmasin bu “hamma kitoblar onasi” deyiglan buyuk adabiyot parchasini sifatida talqin etish kerakmi, yoki buning aslida qadimgi adabiyotning har qanday boshqa parchasidan farqi yo’qmi?

Qur’onning birlashtirilishi Muhammadning tirikligida yoki vafotidan biroz keyin ham amalga oshirilgani hech qachon isbotalnmagan, aksinchca, dalillarga asosan Qur’on payg’ambarning o’limidan 150-200 yil keyingi davr davomida rivojlangan va birlashtirilgan, va oqibatda 8 yoki 9 asrda qonunlashtirilgan.

Olimlarning aytishicha, Qur’onning oyatlari bir inson emas, balki bir necha inson tomonidan ikki yuz yil davomida to’plangan.

Qur’onning eng eski nusxasi Ma’il yozuvida milodiy 790 yilda yozilgan, bu Muhammadning o’limidan 150 yil o’tganidan keyindir.

Hatto bizgacha etib kelgan eng eski qo’lyozmaning parchalarining Muhammadning o’limi bilan farqi kamida 100 yildir.

Bundan tashqari, Usmonning nusxalari hozir mavjud emas va Islom olimlari bu nusxalar mavjud deyishiga qaramay, aslida bu bahsli matnlar yozilgan Kufiy yozuvning o’zi Usmon davrida ishlatilmagan, va Usmonning vafotidan 150 yil keyin paydo bo’lgan.

Shuningdek, aytishlaricha Arab tili Ollohning jannatiy tilidir va agar Qur’on Ollohdan yaralgan bo’lsa, nega Qur’on o‘z xabarlarini etkazishda boshqa tillardan foydalangan, masalan Akadiya, Assiriya, Fors, Siriya, Ivrit, Yunon, Aramey va Efiop tillaridan.

Agar Qur’on shunchalik asl bo’lsa, nega bizda asl matn yoq, ahir Islomdan avvalgi matnlar to’laligicha va buzilmagan holda etib kelganku? Albatta Olloh o’z cheklanmagan kuchi bilan o’z ilohiy matnini saqlab qolishi mumkin edi.

Qur’onning tarixi masalasiga kelganda, u aytishlaricha Muhammadning shaxsiy kotibi bo’lgan Zaid ibn Tobitning ko’rigi ostida birlashtirilgan. Zaid Abu Bakrning amriga asosan Muhammadning gaplarini yozib borishi lozim bo’lgan.

Natijada, uchinchi halifa Usmon hukmronligi davrida, Qur’onni standartlashtirish va butun musulmon jamoatiga bir matnni yuklatishga harakat amalga oshirilgan, natijada Zaidning qo’lyozmasidan nusxa ko’chirilgan va boshqa raqobatchi matnlar yo’q qilingan.

Muhammadning sahobalarini o’z ichiga olgan e’tiqod qiluvchilar jamoatiga qarshi bir odam so’nggi ishonchli manba bo’lganidan keyin qanday qilib bu matn standart deb hisoblanishi mumkin?

Shunday qilib hozir bizda nusxaning nusxasi va oldingi matn bor. Bizning qo’limizdagi matn haqiqiy Qur’on ekanligini va Muhammad bu matnning tarkibini umuman tan olgan bo’lishini qayerdan bilamiz?

Shuningdek qo’lyozma dalillarning asosiy qismi yo’q qilingan va biz sof matnni qayta shakllantirishimizning to’g’ri yo’li yo’qdir.

Zaid, Abdulloh ibn Mas’ud, Abu Muso va Ubayning to’rt qo’lyozmalari orasida farq bor, har birida o’zgartirishlar, o’chirib tashlashlar bor, matn yozuvchilarning har biri Muhammadning ishonchli odamlari bo’lgan.

Abdulloh Mas’ud Muhammad tomonidan Qur’onni yoddan aytish o’qituvchisi qilib tayinlangan, va Ubay payg’ambarning kotibi bo’lgan.

Mening savolim shunday – qaysi qo’lyozma payg’ambarning sahobalari orasida to’g’ri yoki ishonchliroq hisoblangan?

Boshqa jamoalar tomonidan tan olingan ishonarli matnlar bo’lganida, nega Usmon to’g’rilikning eng ohirgi hakami bo’lib qolgan?

Shuningdek Zaid matnni to’plaganida “tosh otish”ga aloqador bo’lgan ba’zi hioyalarni qo’shish esidan chiqqan.

Endi matnni birlashtirish uchun qilingan butun urinishlardan keyin, Kufaning boshlig’i bo’lgan Al-Hajjaj tomonidan matn qayta ko’rib chiqilgan va tuzatilgan.

U avvaliga 11 matnni o’zgartirgan va keyinchalik o’zgarishlar yettitagacha kamaytirilgan.

Bu harakatlardan keyin, Hafsah matni (ushbu asl matndan ohirgi matn olingan) keyinchalik Mirvon, Madina boshlig’i tomonidan yo’qotilgan. 

Qur’onning yana bir xususiyati bu bekor qilishdir, bu ichki qarama-qarshiliklarni to’g’irlashning yo’li bo’lib, matnning yaxshilanishi deb tasvirlangan.

Men hayron qolaman qanday qilib siz mukammal parchani to’g’irlashingiz mumkin, chunki bu vahiy faqatgina 20 yillik davrni o’z ichiga olgan, va madaniy mezonlarning rivojlanishiga yordam berish uchun hech qanday yaxshilashga muhtoj bo’lmagan?

Bekor qilishlarning soni 5 bilan 500 orasida deb aytilgan. Boshqalar aytishicha bu raqam 250ga yaqindir. Bu bizga shuni ko’rsatadiki, bekor qilish aniq fan emasdir, chunki nechta oyat bekor qilinishi lozimligini hech kim bilmaydi.

Ichki qarama-qarshiliklardan tashqari, ilmiy va grammatik hatolar ham bor.

Bu tafovutlarning hammasiga yana 9-asrda, yani 250 yildan keyin, juda ko’p yangi Hadislar qo’shilgan.

O’sha payta aytilgan 600.000 asl hadislardan faqatgina 7.000tasi qolgan, shunday qilib bu urf-odatlarning 99% ni hatolik deb hisoblangan.

Agar 99% noto’g’ri bo’lsa, biz Al-Buxoriy tasdiqlagan 1% ga qanday ishonishimiz mumkin?

Musulmon urf-odatlari shuningdek hikoya aytuvchilar yoki Kussaslarning og’zaki yetkazgan hikoyalari orqali rivojlangan, ularning asarlari 8-asrdagina to’plangan. Bu hikoyalar oddiy folklordan olingan va bezatilgan edi, va shu bilan Islomga yanada katta o’zagartirish kiritilgan.

Shuningdek, agar siz qachonlardir bir hikoyani telefon orqali yoki ko’pchilikka birma-bir aytish o’yinini o’ynagan bo’lsangiz, oxirgi aytib beradigan insonning hikoyasi asl hikoyadan umuman farq qiladi.

Endi buni bir necha asrlarga cho’zing, bunday tajribaning natijasi qanday bo’ladi deb o’ylaysiz?

Qur’on Ollohning andazasi yoki adabiy jihatdan tengsiz bo’lgan mo’jizalarning eng katta mo’jizasi deb hisoblanishi ko’p jihatdan asoslanmaganligi sababli ko’proq mubolag’aga o’xshamoqda.

Qur’on javob bergan savollardan ko’ra javob bermagan savollari ko’proqdir.

Qur’on tom ma’noda a’lo darajadagi adabiyot parchasimi yoki o’zining da’volarini asoslay olmaydimi? U boshqa adabiyot parchasi tenglasha olmaydigan chiroyga egami? Bu masala eshituvchinig qulog’iga bog’liq, chunki boshqalarning fikrlariga ko’ra, bu adabiyot janrida, Qur’on tomonidan ko’chirilgan klassik adabiyotning ko’p chiroyli asarlari bordir.

Eng mukammal bo’lishi kerak bo’lgan kitob uchun u ko’pincha mantiqsiz va joylarda yomon tahrir qilingan va uning haqiqiyligiga obyektiv nazar tashlay oladigan boshqalarning tanqid va sinchkov nazariga tik turib bera olmaydigan deb tasvirlangan.

Bu harakat ichidagi boshqalar uchun bu aqlsiz tobelikka shubhasiz yon bosish bilan itoatkorlikcha qabul qilishdir, va bu sig’inuvchini uning ma’nosi haqida tanqidiy fikr qilishdan saqlaydi.

Matnni shubhaga tutish Ollohni o’zini va uning payg’ambarini shubhaga tutish bilan barobardir, va bu musulmon fikrida abadiy va daxshatli oqibatlarga olib keladi.

Qur’onning Islom butun o’tish bosqichlaridan sog’-omon qolishini mo’jiza deb aytishingiz mumkin, ammo men shuni aytmoqchimanki, dalillarga asosan, ushbu habarlarning ilohiy vahiy ekanligiga ishonishim uchun mo’jiza kerakdir.

Xulosa qilib aytganda, mening Qur’on haqida boshqa izohlarim yo’q. Men faqatgina shuni umid qilamanki, men o’z fikrlarimni izhor qilishda ochiq-oydin ifodalar ishlatib oshirib yubormaganman va mening musulmon o’rtoqlarimga nisbatan hurmatsizlik bildirmaganman.

Bunday qilish aslida juda qiyin, chunki qachonki din shaxsiy e’tiqod ichiga chuqur kiritilganida, diniy fikrlashga qarshi har qanday undov tahdid yoki adovatning turi sifatida ko’riladi.

Agar siz muqaddas deb hisoblagan matnga nisbatan shubha o’yg’otish o’rniga men faqatgina g’azabingizni keltirgan bo’lsam meni kechirishingizni iltimos qilaman.

Mening niyatim xafa qilish emas, balki haqiqatni himoya qilishdir va haqiqat yo’lida qayerga olib kelishidan qat’iy nazar davom etishdir.

Bu masalada ko’proq ma’lumotni Jay Smit tomonidan yozilgan maqolalardan olishingiz mumkin, men bu blogni yozayotganimda bu manbalardan foydalanganman. 

 

 

 

Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish

jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/hudo-bilan-qanday-munosabatda-bolish/

 

Boshqa manbalar

Musulmon va Islomiy manbalar

jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/

jesusandjews.com/wordpress/2009/11/09/is-the-quran-sacred/

Ka’ba ilohiymi?

Friday, January 4th, 2013

Arab dini Islom dinining yagona hudosi Ollohga sig’inishni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, politeistik tarihidan to’lig’icha ajray olmagan.

Makkadagi kub shakliga ega bo’lgan Ka’ba Islomning eng muqaddas joyidir, lekin Islom paydo bo’lishidan avval Ka’ba butparastlarning ziyoratgohi bo’lgan.

Bu binoning eng asosiy qismi, aytishlaricha jannatdan tushgan va qoraligi inson gunohlarining qoraligiga aloqador bo’lgan qora meteoritdir. Hozirgi kunda musulmonlar Haj davomida sig’inish va ibodat qilish mazmunida ushbu toshni o’padi.

Islomdan avvalgi madaniyatlarda qadimgi Arablar bu qora toshlarga ritualistik odatlarining bir qismi sifatida qiymat beradigan tosh fetishizmi ta’siri ostida bo’lgan.

Arablar toshga sig’inishgan, va o’z qabilaviy guruhlarida ular sig’ingan qora toshli Ka’balariga ega bo’lishgan.

Ka’baga aloqador bo’lgan diniy marosimlardan biri ziyoratgohni aylanish bo’lgan. Ushbu marosimning kelib chiqishi haqidagi nazariya shundayki, ushbu qabilaviy guruhlarning Ka’bani aylanib o’tishi oy, quyosh va yulduzlarga sig’inishida samoviy ob’ektlarning yurishiga o’xshatilgan. Bu marosim shuningdek hudolar yoki ruhlar yashaydi deb hisoblangan ushbu toshlarni o’pishni ichiga olgan. Bu toshni o’pish va ushlash marhamat olib keladi deb hisoblangan.

Shuningdek oy hudosi Hubalga sig’inish Ka’baning qora toshiga aloqador bo’lgan.

Arab madaniyatining boshqa taraflari ularning qadimiy butparast o’tmishiga aloqador, masalan Minaga “Tosh otish”, Safo bilan Marva orasida “Yugurish” – ikki but orasida yugurishning qayta ijrosi; va ohirgisi, “Maqtov” – o’lgan ajdodlarni maqtovchi qadimgi ritualga taqlid qiladi, va bu ritual hozir Ollohni maqtashga qaratilgan.

O’zini yangi monoteizmga tegishli deyishiga qaramay, arab madaniyati butparast o’tmishidan tozalanmagan. Arab madaniyatini Ilsom diniga kirituvchi bunday sinkretistik tajribalar diniy komponentlarga tozalik emas, balki aralashma paydo qiladi, va Ka’ba Islomning suyanchig’i sifatida mashhur bo’lgani ushbu diniy tizimda yoriqlar borligiga dalildir.

Islom yagona haqiqiy din sifatida qanchalik o’ziga xoslikka ega bo’ldi? Aniqki, Islom tizimi Iudei xristianlikka asoslangan, butparast o’tmishi bilan ichini to’ldirgan va bezagan.

Bu haqiqiy dinmi, yoki faqatgina turli fikrlarni birlashtirib, joydagi din marosimlari  va boshqa dinlarning dunyoqarashlarini birlashtirgan o’zlashtirmami?

Siz bunday butparast o’tmishi bolan aloqasidan tozalanmagan dinga ishonch bilan qarab o’zingizni bag’ishlashga tayyormisiz? Islom butparast tizimning sirtini qoplash orqali uni qayta ishlab va taritbga solib, farishtaning vahiysi asosidagi yangi din sifatida ko’rsatyaptimi? Balki Islom yopinchig’i orqasida faqatgina hudolarning totem ustunlariga qarshi bir boshli butdir.

Bu blogni yozishda men bu masala haqidagi juda ko’p manbalarni birlashtirdim, va bu ma’lumotlarni to’plashda to’g’ri va xolis tahlil qilishga harakat qildim.

Men sizni bu blogni faqatgina tuhmat aktsiyasi deb chetga surib qo’ymaslikni iltimos qilaman. Men sizni bu masalada ochiq aql bilan o’z izlanishingizni amalga oshirishni so’rayman.  

Men ushbu blog orqali musulmonlarga va musulmonlar muqaddas deb hisoblagan narsalarga qarshi tuhmat va yolg’on ayblovlardan saqlanishga harakat qilgan holda Islomiy e’tiqodga qarshi fikr bildirdim. Tan olamanki, mening ko’p musulmon o’rtoqlarim o’zlarining fidokorligida shiddatlidir, va ularning Hudo haqidagi tushunchalari samimiydir va men buni hurmat qilaman.

Hulosada, agar siz musulmon bo’lsangiz, men sizni ibodat orqali Islomiy e’tiqod va tajribalar orqasidagi haqiqat haqida Hudodan so’rashingizni qo’llab-quvvatlayman.

 

 

 

Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish

jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/hudo-bilan-qanday-munosabatda-bolish/

 

Boshqa manbalar

Musulmon va Islomiy manbalar

jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/

jesusandjews.com/wordpress/2009/07/19/is-the-kaba-sacred/

Muhammad sohta payg’gambarmi?

Friday, January 4th, 2013

Muhammad sohta payg’gambarmi? Haqiqat vositachisi va boshqaruvchisi bo’lgan inson orqali maxsus vahiylar kelganligini da’vo qiladigan juda ko’p din va sig’inishlar bo’lgan. Ammo biz ushbu holatlardan qay biri haqiqiy va qaysi biri afsona va yolg’on ekanligini aniqlashimiz lozim. Har kim ilohiy vahiy kelganligini da’vo qilishi mumkin, ammo qachondir ushbu da’volar tekshiruv, sinchkov tekshiruv va kelajak tanqidlarga bardosh berishini aniqlash uchun savolga tutilishi lozim. Guvoh yoki insonning o’zi ishonchli bo’lsagina dalil haqiqiydir. Agar siz qonuniy sud zalida insonni haqiqiy guvoh sifatida ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, birinchi o’rinda uning qay darajada asosli ekanligini aniqlash lozimdir. Insonn tabiatining ishonchligiga asoslangan bu guvohlik ishonchli deb aytilishi mumkinmi, yoki u nobop guvoh bo’ladimi?
Men hisobga olishni istaydigan birinchi narsa bu Islom deb topilgan diniy harakatning yaratuvchi yoki asoschisining tabiatini mulohaza qilishdir..
Muhammad ruhiy masalalarni mulohaza va kuzatishga o’zini bag’ishlagan inson edi. Bunday uchrashuvlar oqibatida U Jin deb o’ylagan ruhiy mavjudot bilan munosabatga kirishishga erishdi. Bu masalalar Unga shunchalik bosim o’tkazmoqda ediki, U ikki marta o’z joniga qasd qilishni fikr qilgan va bu vahiylar sababli uni shoir yoki jinni deb hisoblanishini bilmagan. Shuningdek, ilk Islomiy manbalarga asosan U 53 Surani yozayotganda Shaytoniy ta’sir ostida bo’lgan, va bu Uning ilohiy ilhom kabi hamma da’volarining haqiqiyligini shubha ostiga qo’yishimga sababdir. Bundan tashqari Muhammad, hayotining oxirgi nuqtasidan birida u bir yil davom etgan sehr jodu qurboni bo’lganligini aytgan va Ibn Ishoq bu vaqt davomida Muhammadni sehrlanganligini eslaydi va Buxoriy afsunlar uni hayol qurboni bo’lishiga majburladi, deb aytgan edi.
Nafaqat bunday da’volarning tabiati va kelib chiqishi masalalari bordir, balki biz uning shaxsiy sifatlari va tabiati masalalarini ko’ramiz. U O’zining ishonchlarini ilgari surish va targ’ibor qilish kerak bo’lganda harbiy zabt etish orqali kuch va zo’rlashni ishlatgan.
Bu din o’zining ta’siri va boshqaruvini saqlab qolish uchun jihod yoki “Muqaddas urush”ning shakli va ta’rifini olgan, va bu haligacha Islomining orqasidagi strategiyadir. Bu qon to’kish bilan boshlandi va bugungacha qon to’kish bilan davom etmoqda. Shunday qilib biz o’zining xosligini muhabbatning insoniy ifodasining ko’tarilgan tomonidan topmaydigan, balki o’z markazini insonlar ustida hukmronlikning asosiy xususiyatlarida o’rnatgan, va bu insoniyatning barbod bo’lishiga va ekspluatatsiya qilinishiga olib keladigan dinni ko’rmoqdamiz.
Bunday suiste’mollikdan biri, uning hirsiy ahloqi bo’lib, yosh boladan foydalangan, 9 yoshga to’lgan, hali balog’atga yetmagan Oisha ismli qizga uylanadi. Inson huquqlari buzilishining yana bir misoli bu ayollarga munosabatdir, kerak bo’lganda ularni yengil urish ham amalga oshirilgan. U xatto ko’pxotinlikka ruxsat bergan bo’lib, xotinlar 4 ta dan oshishi Qur’onda 4:3 da taqiqlanganligiga qaramay faqat unda 9 ta xotin olishga imtiyozli huquq borligini kelgan vahiylar orqali keltirgan. Boshqa bir holatda uning asrandi o’g’li Zayd Zaynab bilan shunday ajrashganki keyin Muhammad uni sharmandali nikohga olishi mumkin bo’lib, bu uning asrandi o’g’lini ko’rgani bemahal kelib qolganda Zaynabni yarim yalong’och holatda ko’rganligidir. Qo’shimcha tarzda musulmonlar asira ayollar bilan xatto ularning erlari tirik bo’lsada nikohga kirishmasdan jinsiy aloqaga kirishi mumkin bo’lgan. Muhammad o’zining izdoshlariga Muta deb nomlangan fohishalikning turini targ’ib qilgan bo’lib, bu hozirgi kunda ham mavjud, bunda Musulmon jinsiy aloqaga kirishish uchun qisqa muddatga nikohga oladi, pul to’laydi so’ngra ajrashib ketadi. Nihoyat, ayollar huquqlarini buzilishi haqida agar zarurat bo’lsa ayollarni yengil tarzda urish ruxsat etilgan.
Shunday qilib oshkor bo’lmoqdaki, bu dinga barqaror bo’lmagan va gumonli inson tomonidan asos solingan.
Tarix davomida o’z maqsad va fikrlarini oldinga surish uchun siyosiy va ba’zan diniy minbarni ishlatgan boshqalar ham bo’lgan. Bunday ideallarning ko’pchiligi inson ta’siri va qobiliyatidan tashqarida bo’lgan bid’at va murosasizlikka asoslanib insoniyatning yo’qolishi va genotsidiga olib kelgan. Shunchalik ahmoqonaki, faqatgina tabiati iblisga oid deb tasvirlanishi mumkin. Sohta payg’ambar bo’lgan Stalin va Gitler kabi insonlar mutlaq hokimiyatga erishgan, va bunday hokimiyat ularni mutlaqo o’zgartirgan va bu yovuz daholarning buzg’unchilik rejalarining amalga oshirilishiga olib kelgan. Insonlar o’zi ruhiy zaif bo’lishi mumkin bo’lgan Gitlerning harizmatik liderligi izidan qanday yurishgan. Biz hammamiz adashganmiz va hozir o’sha shafqatsizliklarga qarab qanday qilib 20 asrda bunchalik daxshatli narsa sodir bo’lishi mumkinligi va nimaga insonlar bunday yolg’on va tar’gibotlarga bunchalik ishonishiga hayron qolamiz. Lekin afsuski, bunday voqealar Islom kabilar bilan sodir bo’lmoqda. Bu insoniyat va madaniyatning hamma aspektlarini zaharlantirayotgan telbalikdir. Insonlar uning vayron qiluvchi changallari bir kuni Gitelrning rejimi kabi muqarrar honavayron qilishini anglamasdan uning da’volarini qo’llab quvvatlashga undalgan.
Butun dunyo bu yopinchiqlarning orqasidagi yoqimsiz va yovuz odamlar va ular amalga oshirgan buyuk hatoliklar va dunyoga qarshi sodir etilgan jinoyatlar sababli dunyo jamiyati tomonidan aybdor deb topilgan insonlarning orqasidagi qorong’ulikning chuqurligini anglab yetdi. Islom dunyoda ta’siri kuchayib borayotgan din bo’lib, epidemiya miqyosida insoniyatni zaharlantirmoqda. Har yili bir insonning orzusi va gumonli ilhomlari sababli minglab odamalar azob chekadi va o’ladi.
Siz haqiqatdan ham bu o’lim va buzg’unchilik yo’lida davom etmoqchimisiz? Agar siz Islom e’tiqodida bo’lsangiz, men sizni siz ilohiy deb hisoblagan narsalarni himoya qilishga moyilligingizni faqatgina dalillarga jiddiy ravishda qarash darajasida chetga surib qo’yishingizni, va Hudodan sizga hayot berganni, ya’ni Isoni sizga ko’rsatishini so’rayman.

Matthew 7:15-16
15,Qo’y kiyimida senga kelgan, ammo ichida badnafas bo’ri bo’ri bo’lgan soxta payg’ambardan ehtiyot bo’linglar.
16,Siz ularni mazasidan (mevasidan) bilib olasiz.

 

Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish

jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/hudo-bilan-qanday-munosabatda-bolish/

 

Boshqa manbalar

Musulmon va Islomiy manbalar

jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/

jesusandjews.com/wordpress/2009/04/26/is-muhammad-a-false-prophet/

 

 

 

Permission granted by David Woods for excerpts taken from the article on “ Muhammad and the Messiah” in the Christian Research Journal Vol.35/No.5/2012

Islomda To’g’rilik

Friday, January 4th, 2013

Takkiya “yashirish” va Bekor qilish tushunchalari ishlatilganlichi uchun Islomiy tajribada rostgo’ylik qadr-qimmati yo’qolgan.

Takkiya Islomni ol’ga yuritish yoki Islomning nomini saqlab qolish uchun boshqalarni aldashga ruhsat beradi.

16:106 surasiga asosan, Takkiya vaziyat talab qilganda deyarli har qanday diniy talablar yoki doktrinalardan voz kechish, hatto dindan umuman voz kechish imkoniyatini beradi.

Bunday ruhsat shuningdek qasam ichishni ham o’z ichiga oladi, va musulmon baxschilari o’z dinini himoya qilganda, Islomning maqsadini isbotlash va olg’a surish maqsadida, Qur’onning ba’zi qismlarini yashirib yoki rad etib, Takkiyani ishlatadi.

Shuningdek menimcha bunday aldovchi tajribalar sababli mening ba’zi musulmon o’rtoqlarim ko’pincha Xristian doktrinasini noto’g’ri tushunishadi.

Bulardan tashqari, bekor qilish doktrinasi mavjuddir, bu doktrina qulaylik metodi bo’lib, eski vahiylarni yangilarga almashtirish imkoniyatini bergan, va agar Qur’on abadiy so’zning so’zma-so’z ko’chirmasi bo’lgan taqdirda, u qanday qilib qayta ko’rib chiqilishi mumkin, ahir bu so’zma-so’z yozib olingan-ku. Shuningdek, bu bekor qilingan oyatlar ko’p keltiriladi va Takkiyaning bir qismi sifatida noaniqlik va chalg’itish yaratadi. Shunday qilib inson qulaylik bilan dalilning ikkovi tarafini ham o’z tomonida ishlatishi mumkin.

Har qanday holatda ham bunday tajribalar ishlatilmoqda va haqiqiy musulmon taqvodor qanday qilib unga haqiqat aytilayotganligini bilishi mumkin? Shuningdek, ular Xristianlik noto’g’ri ekanligini qanday bilishlari mumkin? Agar Qur’onning oyatlarining ma’nosi o’zgartirilib noto’g’ri qo’llanishi mumkin bo’lsa, “Tahrif” Bibliyani noto’g’ri tahlil qilishda ayblangan Xristianlar va Yahudiylardan nima farqi bor? Suralar avval yozuvlarni tan olgan, lekin yozuvlarni tan olinish va rad etilish orasida Bibliyaning matni o’zgarmaganligiga qaramay keyinchalik ularni bekor qilgan. Shu sababli ular boshidan yo to’g’ri yo noto’g’ri bo’lgan, chunki bu matnlar o’zgargan bo’lishi mumkin emas, sababi Islom davridan avvalgi minglab tasdiqlovchi Bibliya manuskriptlari mavjuddir, va ular hozirgi tarjimalarga to’g’ri keladi.

Bu shuningdek Islomdan avvalgi qadimiy cherkov otalarining yozuvlarni o’z ichiga oladi, bu yozuvlarning o’zi Islom paydo bo’lishidan ancha avval Bibliyaning yozuvlarini deyarli to’lig’icha qaytarishi mumkin edi. Nafaqat bu, aloxida guruh bo’lgan Xristian va Yahudiylarning Tanax va Eski Ahdni birgalikga o’zgartirishining qanchalik ehtimoli bor, chunki hozirgi kunda bu kitoblarning yozuvlari deyarli bir hildir.Men bu haqda bu erda post yozganman

jesusandjews.com/wordpress/2010/02/03/is-the-bible-reliable/

Va ohirida agar siz hali ham bu e’tiqodni qo’llab-quvvatlasangiz, unda kim yozuvlarni almashtirgan, qaysi yozuvlar almashtirilgan va bu qachon amalga oshirilgan? Bundan tashqari, Islom tafakkuridan tashqari bu qarashga to’g’ri keluvchi yana qanday dalillaringiz bor?

Shunday qilib, Takkiya “yashirish” va Bekor qilish tushunchalari qulaylikdir va ular metologiyalarni ishlatib noto’g’ri e’tiqod sistemasini qo’llab-quvvatlab, Hudo va haqiqiy dinni noto’g’ri ko’rsatadi.

Siz bunday ikkiyuzlamachilikni amalga oshiradigan dunyoqarashga ruhingizni topshirmoqchimisiz yoki o’zingizni bag’ishlamoqchimisiz?

 

 

 

Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish

jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/hudo-bilan-qanday-munosabatda-bolish/

 

Boshqa manbalar 

Musulmon va Islomiy manbalar

jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/

jesusandjews.com/wordpress/2011/09/17/honesty-in-islam/

 

 

 

Beyond Opinion, Sam Soloman Ch.4, Copyright 2007, published in Nashville Tennessee, by Thomas Nelson

Mening Iso bilan iqrorim

Friday, January 4th, 2013

Salom, mening ismim Robert va men Texas, AQShdanman. Men sizlarga o’zim haqimda biroz aytib bermoqchiman. Men ko’pincha menga juda muhim bo’lgan Hudoga e’tiqodim haqidagi e’tirofdan boshlayman. Yigirma yil avval men haqiqiy bir bo’shlik va yo’qlikni his ettim. Menda Isoga ishonchim paydo bo’lganida, U meni to’ldirdi, va bu dunyo menga bergandan ko’proq muhabbat, sevinch va huzur berdi. U mening jonu dilim va hayotimdir.

Agar men bunday haqiqiy tajribalarni ko’rmaganimda, men allaqachon bundan voz kechib, boshqa e’tiqodlarda izlagan bo’lar edim. Mening din/falsafa chegaralaridan chiqadigan darajadagi Iso bilan shaxsiy munosabatlarga kirganim mening hayotimni o’zgartirdi, bu haqiqiy va sezilarli narsa edi. Mening e’tiqodimning hal qiluvchi vaqtida U meni tamomila o’zgartirdi va mubolag’asiz bir kechada mening harakatlarim, fikrlarim, va ishonchlarim o’zgardi. Men tamomila boshqacha inson edim, buni rad etmayman, va bunday o’zgarish hamma uchun sezilarli bo’lar edi. Men qaytadan tug’ildim, va endi men buning faqatgina bir cherkov atamasi emasligini bilaman. Iso meni qaytadan yaratdi. Endi mening hayotimdagi ba’zi o’zgarishlar asta-sekin amalga oshmoqda edi, ba’zilari esa darhol va bir kechada amalga oshar edi. Hudo menga engish qobiliyatimdan oshib o’tadigan narsalarni berganini ko’rdim. Iso menga juda ko’p gunohlarni qo’lga olishimda menga yordam berdi, nikotin qaramligidan to jinsiy ahloqsizlikgacha. Shuningdek men hotinimning degenerativ buyraklardan va o’g’limning astma kasalligidan tuzalganini ichonchimning hal qiluvchi vaqtida ko’rdim. Agar men sizlarga faqatgina yana bir fikr-mulohaza berganimda, bu iqrorni o’qishga sizning vaqtingizni bekor sarflamagan bo’lar edim.

Siz menga ishonmasligingiz yoki ko’pi bilan meni rost gapiryapti ammo haqiqatdan adashyapti deyishingiz mumkin, lekin har qanday holatda, men sizni vijdonan va rostdan Hudodan Iso haqida haqiqatni ochishni so’rashingizni iltimos qilaman. Nima bo’lishidan qat’iy nazar, o’qiganingiz uchun yana bir bor rahmat, va men Hudo sizni bu orqali marhamat qilishini tilab qolaman.

 

 

Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish

jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/hudo-bilan-qanday-munosabatda-bolish/

 

Boshqa manbalar

jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/

jesusandjews.com/wordpress/my-personal-testimony-with-jesus/

How to know God

Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish

Friday, January 4th, 2013

Bibliya bizga o’rgatadiki, Hudo hamma narsani, jumladan insoniyatni yaratgan, va Hudo benuqson va yahshi bo’lganiga qaramay, inson unday emasdir. Hudo insoniyatni ahloqan ozod yaratdi va unga yahshi va yomon orasida tanlash imkoniyatini berdi. Hudoning muqaddas kitobi, Bibliya, Hudoning bizga hammamiz gunohkor ekanligimizni va Uning buyukligiga yetmasligimiz haqida bizga aytuvchi Hudoning o’zi haqidagi vahiylaridir.

Agar men qonunlarning ahloqiy asosi bo’lgan ba’zi amrlarni aytib o’tadigan bo’lsam, Hudoning qonunlarini qandaydir darajada buzmagan odam bo’lmaydi. Gunoh bu Hudo yoki boshqa insonlarni ranjitishdir, boshqa hudolarga sig’inish yoki Hudoning ismini noto’g’ri ishlatish, to’liqroq qilib aytganda, Hudoni bor yurak bilan sevmaslikdir. Bu amrdan so’ng yomon hohish va sabablar bilan bog’liq bo’lgan amrlar keladi, ota-onalarimizga hurmatsizlik ko’rsatish,  nafratga tenglashtirilgan o’ldirish, ko’z zinosiga tenglashtirilgan zino, o’g’irlash, qo’shniga qarshi yolg’on ko’rsatma berish, va boshqa insonning narsasi yoki hotinini hohlash.

Bu qoidabuzarlik bizning Hudodan abadiy ajralishimizga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, biz Undan ajralib va yo’qolib qolamiz chunki U ilohiy bo’lganligi uchun gunoh bilan birgalikda bolishiga ruhsat bermaydi. Gunoh nafaqat bu dunyoda, balki abadiylikda ham Hudoning g’azabi va jazosini keltiradi. Bibliya buni olov so’nmaydigan va buyuk azob bor joy deb tasvirlab beradi.

Shu paytda, holat umuman umidsiz kabi ko’rinmoqda, lekin Hudo gunohsiz qutqaruvchini jo’natadi. Uning vazifasi insonlar uchun Hudoning oldida vositachilik qilish edu, va U bizning nomimizdan almashinuv sifatida O’zining hayotini bag’ishlash orqali Hudoning adolatini qondirdi.

U nafaqat insoniyat uchun o’lib bizga Hudo bilan tinchlik olib keldi, U o’liklardan tirilib, hozir unga ishongan insonlarni kutib qolmoqda.  Shunday qilib biz vafot etganimizda bizning badanimiz o’ladi, lekin biz U bilan birgalikda bo’lamiz, va Bibliya buni abadiy hayot deydi.

Bularning hammasi biz Isoning Qutqaruvchimiz, gunohlarimizni yuvib tashlovchi, va Hudo bilan tinchlikka olib keluvhci sifatida yurakdan tavba keltirib tan olganimizda ravshanlashadi. Bu shuningdek biz Unga bo’ysunib hizmat qilishimiz orqali Uni Hudomiz sifatida tan olishimizni o’z ichiga oladi.

Biz Isoni shunday ko’rganimizda, U bizga jannatning bir qismini taqvodor insonning ichida yashovchi muqaddas ruh orqali jo’natadi va bizga hayotimizni Hudo yo’lida yashashga yordam beradi.

E’tiqodning bu jarayonidan so’ng suvli go’rga tenglashtirilgan suv baptizm marosimi va yoki cho’qintirish bo’ladi.

 Bu ichkaridan yangi insonga aylanish transformatsiyasining ruhiy haqiqiligini aytib o’tgan hatti-harakat orqali aytilgan va istig’for qilingan Hudoning ichki ishlarini jismonan nishonlash orqali yangi tug’ilishning alomati bo’lgan hatti-harakatdir.

Butun jarayon yengil bir ishga o’xshasa-da, haqiqiy ishlatishda anchagina murakkabdir. Iso shularni aytib sizni taklif qilmoqda: “Ey holdan toyganlar, og‘ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom  beraman. Mening bo‘yinturug‘imni taqib olinglar, Mendan o‘rganinglar. Chunki Men yumshoq ko‘ngil va kamtarinman. Shunda sizlarning jonlaringiz orom topadi. Axir, Mening bo‘yinturug‘im qulay, yukim yengildir”.

Do’stim, agar U bugun sizni chaqirayotganini eshitsangiz, yuragingizni qattiqlashtirmang, yaxshisi,  hayotingizni qalbingizning Cho’poniga topshiring. U sizni sevadi va sizga har qanday tushunchadan ortiq bo’lgan tinchlik beradi, va gapirib bo’lmaydigan quvonch beradi. Bu sizning hayotingizda boshqa hech qachon bo’ron bo’lmaydi degani emas, lekin U bizni hech qachon tashlab qo’ymaslikka va voz kechmaslikka va’da beradi.

Hulosa sifatida men sizlarni Unga sig’inish va o’zingizni haqiqiy va sezilarli darajada o’zingizni ko’rsatib, Unga ishonish darajasida o’zingizni ochishingizni qo’llab quvvatlayman.  Agar sizlar buni chin dildan va yurakdan amalga oshirsangiz, sizlar umidsizlanmaysizlar, chunki bizga Hudoning yaxshiligini ifodali ravishda tatib ko’rishga va ko’rishga madad berilgan. Omin.

 

 

Boshqa manbalar

Mening Iso bilan iqrorim

www.jesusandjews.com

jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/