Bibliya bizga o’rgatadiki, Hudo hamma narsani, jumladan insoniyatni yaratgan, va Hudo benuqson va yahshi bo’lganiga qaramay, inson unday emasdir. Hudo insoniyatni ahloqan ozod yaratdi va unga yahshi va yomon orasida tanlash imkoniyatini berdi. Hudoning muqaddas kitobi, Bibliya, Hudoning bizga hammamiz gunohkor ekanligimizni va Uning buyukligiga yetmasligimiz haqida bizga aytuvchi Hudoning o’zi haqidagi vahiylaridir.
Agar men qonunlarning ahloqiy asosi bo’lgan ba’zi amrlarni aytib o’tadigan bo’lsam, Hudoning qonunlarini qandaydir darajada buzmagan odam bo’lmaydi. Gunoh bu Hudo yoki boshqa insonlarni ranjitishdir, boshqa hudolarga sig’inish yoki Hudoning ismini noto’g’ri ishlatish, to’liqroq qilib aytganda, Hudoni bor yurak bilan sevmaslikdir. Bu amrdan so’ng yomon hohish va sabablar bilan bog’liq bo’lgan amrlar keladi, ota-onalarimizga hurmatsizlik ko’rsatish, nafratga tenglashtirilgan o’ldirish, ko’z zinosiga tenglashtirilgan zino, o’g’irlash, qo’shniga qarshi yolg’on ko’rsatma berish, va boshqa insonning narsasi yoki hotinini hohlash.
Bu qoidabuzarlik bizning Hudodan abadiy ajralishimizga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, biz Undan ajralib va yo’qolib qolamiz chunki U ilohiy bo’lganligi uchun gunoh bilan birgalikda bolishiga ruhsat bermaydi. Gunoh nafaqat bu dunyoda, balki abadiylikda ham Hudoning g’azabi va jazosini keltiradi. Bibliya buni olov so’nmaydigan va buyuk azob bor joy deb tasvirlab beradi.
Shu paytda, holat umuman umidsiz kabi ko’rinmoqda, lekin Hudo gunohsiz qutqaruvchini jo’natadi. Uning vazifasi insonlar uchun Hudoning oldida vositachilik qilish edu, va U bizning nomimizdan almashinuv sifatida O’zining hayotini bag’ishlash orqali Hudoning adolatini qondirdi.
U nafaqat insoniyat uchun o’lib bizga Hudo bilan tinchlik olib keldi, U o’liklardan tirilib, hozir unga ishongan insonlarni kutib qolmoqda. Shunday qilib biz vafot etganimizda bizning badanimiz o’ladi, lekin biz U bilan birgalikda bo’lamiz, va Bibliya buni abadiy hayot deydi.
Bularning hammasi biz Isoning Qutqaruvchimiz, gunohlarimizni yuvib tashlovchi, va Hudo bilan tinchlikka olib keluvhci sifatida yurakdan tavba keltirib tan olganimizda ravshanlashadi. Bu shuningdek biz Unga bo’ysunib hizmat qilishimiz orqali Uni Hudomiz sifatida tan olishimizni o’z ichiga oladi.
Biz Isoni shunday ko’rganimizda, U bizga jannatning bir qismini taqvodor insonning ichida yashovchi muqaddas ruh orqali jo’natadi va bizga hayotimizni Hudo yo’lida yashashga yordam beradi.
E’tiqodning bu jarayonidan so’ng suvli go’rga tenglashtirilgan suv baptizm marosimi va yoki cho’qintirish bo’ladi.
Bu ichkaridan yangi insonga aylanish transformatsiyasining ruhiy haqiqiligini aytib o’tgan hatti-harakat orqali aytilgan va istig’for qilingan Hudoning ichki ishlarini jismonan nishonlash orqali yangi tug’ilishning alomati bo’lgan hatti-harakatdir.
Butun jarayon yengil bir ishga o’xshasa-da, haqiqiy ishlatishda anchagina murakkabdir. Iso shularni aytib sizni taklif qilmoqda: “Ey holdan toyganlar, og‘ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman. Mening bo‘yinturug‘imni taqib olinglar, Mendan o‘rganinglar. Chunki Men yumshoq ko‘ngil va kamtarinman. Shunda sizlarning jonlaringiz orom topadi. Axir, Mening bo‘yinturug‘im qulay, yukim yengildir”.
Do’stim, agar U bugun sizni chaqirayotganini eshitsangiz, yuragingizni qattiqlashtirmang, yaxshisi, hayotingizni qalbingizning Cho’poniga topshiring. U sizni sevadi va sizga har qanday tushunchadan ortiq bo’lgan tinchlik beradi, va gapirib bo’lmaydigan quvonch beradi. Bu sizning hayotingizda boshqa hech qachon bo’ron bo’lmaydi degani emas, lekin U bizni hech qachon tashlab qo’ymaslikka va voz kechmaslikka va’da beradi.
Hulosa sifatida men sizlarni Unga sig’inish va o’zingizni haqiqiy va sezilarli darajada o’zingizni ko’rsatib, Unga ishonish darajasida o’zingizni ochishingizni qo’llab quvvatlayman. Agar sizlar buni chin dildan va yurakdan amalga oshirsangiz, sizlar umidsizlanmaysizlar, chunki bizga Hudoning yaxshiligini ifodali ravishda tatib ko’rishga va ko’rishga madad berilgan. Omin.
Boshqa manbalar