Salom, mening ismim Robert va men Texas, AQShdanman. Men sizlarga o’zim haqimda biroz aytib bermoqchiman. Men ko’pincha menga juda muhim bo’lgan Hudoga e’tiqodim haqidagi e’tirofdan boshlayman. Yigirma yil avval men haqiqiy bir bo’shlik va yo’qlikni his ettim. Menda Isoga ishonchim paydo bo’lganida, U meni to’ldirdi, va bu dunyo menga bergandan ko’proq muhabbat, sevinch va huzur berdi. U mening jonu dilim va hayotimdir.
Agar men bunday haqiqiy tajribalarni ko’rmaganimda, men allaqachon bundan voz kechib, boshqa e’tiqodlarda izlagan bo’lar edim. Mening din/falsafa chegaralaridan chiqadigan darajadagi Iso bilan shaxsiy munosabatlarga kirganim mening hayotimni o’zgartirdi, bu haqiqiy va sezilarli narsa edi. Mening e’tiqodimning hal qiluvchi vaqtida U meni tamomila o’zgartirdi va mubolag’asiz bir kechada mening harakatlarim, fikrlarim, va ishonchlarim o’zgardi. Men tamomila boshqacha inson edim, buni rad etmayman, va bunday o’zgarish hamma uchun sezilarli bo’lar edi. Men qaytadan tug’ildim, va endi men buning faqatgina bir cherkov atamasi emasligini bilaman. Iso meni qaytadan yaratdi. Endi mening hayotimdagi ba’zi o’zgarishlar asta-sekin amalga oshmoqda edi, ba’zilari esa darhol va bir kechada amalga oshar edi. Hudo menga engish qobiliyatimdan oshib o’tadigan narsalarni berganini ko’rdim. Iso menga juda ko’p gunohlarni qo’lga olishimda menga yordam berdi, nikotin qaramligidan to jinsiy ahloqsizlikgacha. Shuningdek men hotinimning degenerativ buyraklardan va o’g’limning astma kasalligidan tuzalganini ichonchimning hal qiluvchi vaqtida ko’rdim. Agar men sizlarga faqatgina yana bir fikr-mulohaza berganimda, bu iqrorni o’qishga sizning vaqtingizni bekor sarflamagan bo’lar edim.
Siz menga ishonmasligingiz yoki ko’pi bilan meni rost gapiryapti ammo haqiqatdan adashyapti deyishingiz mumkin, lekin har qanday holatda, men sizni vijdonan va rostdan Hudodan Iso haqida haqiqatni ochishni so’rashingizni iltimos qilaman. Nima bo’lishidan qat’iy nazar, o’qiganingiz uchun yana bir bor rahmat, va men Hudo sizni bu orqali marhamat qilishini tilab qolaman.
Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish
jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/hudo-bilan-qanday-munosabatda-bolish/
Boshqa manbalar
jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/