Ka’ba ilohiymi?

Arab dini Islom dinining yagona hudosi Ollohga sig’inishni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, politeistik tarihidan to’lig’icha ajray olmagan.

Makkadagi kub shakliga ega bo’lgan Ka’ba Islomning eng muqaddas joyidir, lekin Islom paydo bo’lishidan avval Ka’ba butparastlarning ziyoratgohi bo’lgan.

Bu binoning eng asosiy qismi, aytishlaricha jannatdan tushgan va qoraligi inson gunohlarining qoraligiga aloqador bo’lgan qora meteoritdir. Hozirgi kunda musulmonlar Haj davomida sig’inish va ibodat qilish mazmunida ushbu toshni o’padi.

Islomdan avvalgi madaniyatlarda qadimgi Arablar bu qora toshlarga ritualistik odatlarining bir qismi sifatida qiymat beradigan tosh fetishizmi ta’siri ostida bo’lgan.

Arablar toshga sig’inishgan, va o’z qabilaviy guruhlarida ular sig’ingan qora toshli Ka’balariga ega bo’lishgan.

Ka’baga aloqador bo’lgan diniy marosimlardan biri ziyoratgohni aylanish bo’lgan. Ushbu marosimning kelib chiqishi haqidagi nazariya shundayki, ushbu qabilaviy guruhlarning Ka’bani aylanib o’tishi oy, quyosh va yulduzlarga sig’inishida samoviy ob’ektlarning yurishiga o’xshatilgan. Bu marosim shuningdek hudolar yoki ruhlar yashaydi deb hisoblangan ushbu toshlarni o’pishni ichiga olgan. Bu toshni o’pish va ushlash marhamat olib keladi deb hisoblangan.

Shuningdek oy hudosi Hubalga sig’inish Ka’baning qora toshiga aloqador bo’lgan.

Arab madaniyatining boshqa taraflari ularning qadimiy butparast o’tmishiga aloqador, masalan Minaga “Tosh otish”, Safo bilan Marva orasida “Yugurish” – ikki but orasida yugurishning qayta ijrosi; va ohirgisi, “Maqtov” – o’lgan ajdodlarni maqtovchi qadimgi ritualga taqlid qiladi, va bu ritual hozir Ollohni maqtashga qaratilgan.

O’zini yangi monoteizmga tegishli deyishiga qaramay, arab madaniyati butparast o’tmishidan tozalanmagan. Arab madaniyatini Ilsom diniga kirituvchi bunday sinkretistik tajribalar diniy komponentlarga tozalik emas, balki aralashma paydo qiladi, va Ka’ba Islomning suyanchig’i sifatida mashhur bo’lgani ushbu diniy tizimda yoriqlar borligiga dalildir.

Islom yagona haqiqiy din sifatida qanchalik o’ziga xoslikka ega bo’ldi? Aniqki, Islom tizimi Iudei xristianlikka asoslangan, butparast o’tmishi bilan ichini to’ldirgan va bezagan.

Bu haqiqiy dinmi, yoki faqatgina turli fikrlarni birlashtirib, joydagi din marosimlari  va boshqa dinlarning dunyoqarashlarini birlashtirgan o’zlashtirmami?

Siz bunday butparast o’tmishi bolan aloqasidan tozalanmagan dinga ishonch bilan qarab o’zingizni bag’ishlashga tayyormisiz? Islom butparast tizimning sirtini qoplash orqali uni qayta ishlab va taritbga solib, farishtaning vahiysi asosidagi yangi din sifatida ko’rsatyaptimi? Balki Islom yopinchig’i orqasida faqatgina hudolarning totem ustunlariga qarshi bir boshli butdir.

Bu blogni yozishda men bu masala haqidagi juda ko’p manbalarni birlashtirdim, va bu ma’lumotlarni to’plashda to’g’ri va xolis tahlil qilishga harakat qildim.

Men sizni bu blogni faqatgina tuhmat aktsiyasi deb chetga surib qo’ymaslikni iltimos qilaman. Men sizni bu masalada ochiq aql bilan o’z izlanishingizni amalga oshirishni so’rayman.  

Men ushbu blog orqali musulmonlarga va musulmonlar muqaddas deb hisoblagan narsalarga qarshi tuhmat va yolg’on ayblovlardan saqlanishga harakat qilgan holda Islomiy e’tiqodga qarshi fikr bildirdim. Tan olamanki, mening ko’p musulmon o’rtoqlarim o’zlarining fidokorligida shiddatlidir, va ularning Hudo haqidagi tushunchalari samimiydir va men buni hurmat qilaman.

Hulosada, agar siz musulmon bo’lsangiz, men sizni ibodat orqali Islomiy e’tiqod va tajribalar orqasidagi haqiqat haqida Hudodan so’rashingizni qo’llab-quvvatlayman.

 

 

 

Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish

jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/hudo-bilan-qanday-munosabatda-bolish/

 

Boshqa manbalar

Musulmon va Islomiy manbalar

jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/

jesusandjews.com/wordpress/2009/07/19/is-the-kaba-sacred/

Leave a Reply