Siz nega musulmonsiz? Siz bu savol ustida haqiqatdan ham bosh qotirib, bu haqida oylab kordingizmi? O’zingiz haqiqatga yo’l topganingiz uchunmi, yoki qandaydir yangilik olganingiz uchumni, yoki hayotga boshqacha bir nazar bilan qarash imkoniyatini topganingiz uchunmi? Siz Hudo bilan qandaydir shaxsiy va yashirin munosabatlar sababli tabiiy ravishda Islom diniga kiritildingizmi?
Sizning hozirgi madaniyatingiz va jamiyatingiz sizni shunday ta’riflaganligi uchun musulmonmisiz? Siz AQShning bibliya ta’siridan tashqaridagi joyida tug’ilib katta bo’lganingizni faraz qiling. Shunday holatda, Islom dinini qabul qilish yoki Islom diniga ishonish imkoniyatlaringiz qanday bo’lar edi?
Sizda tanlash imkoniyati yo’qligi sababli va boshqacha ish tutsangiz hamma narsadan ayrilishingiz mumkinligi uchungina musulmonmisiz? Faraz qiling, din tanlovi imkoniyatini beradigan demokratik davlatda tugilgansiz. Hali ham musulmon bo’larmidingiz?
Oilangiz sizdan shuni kutayotganligi va ular sizning dunyoqarashingiz va qadriyatlaringizni belgilaganligi uchun musulmonmisiz? Siz ishonchlaringizni o’zingiz tanlash imkoniyatini beradigan va tanlovingizdan qat’iy nazar shu tanlovingizni to’liqligicha qabul qiladigan oilaga tegishli bo’lganingizda-chi?
Hamma shunday bo’lganligi uchun musulmonmisiz? Siz ishonchlar har-hilligini qo’llab-quvvatlaydigan madaniyatga tegishli bo’lganingizda-chi? Bu sizni Islom dinini qabul qilishga ruhlantirarmidi?
Siz Islom yagona haqiqiy din bo’lganligini diniy boshliqlar tomonidan aytilganligi va ta’limot tizimi orqali o’rgatilganligi uchun musulmonmisiz? Hudosiz hayot haqidagi butunlay boshqacha qarashlar mavjud bo’lgan ateistik davlatda tug’ilganingizni faraz qiling. Hali ham musulmon bo’larmidingiz?
Musulmon bo’lmaganlikdan, yoki bu e’tiqodni qabul qilmaslikning oqibatlaridan qo’rqqanligingiz uchun musulmonmisiz? Agar ushbu qo’rquv va siquvlar bo’lmaganida-chi?
Islom qandaydir darajada geografik joyga tegishli bo’lgan rasm-rusum, odat bo’lishi ehtimolligi bormi?
Inson diniy tizimga shunchalik kirib, uning ta’siridan chiqib ketish deyarli ilojsiz bolishi mumkinmi?
Faqatgina bizga aytilgan narsalarga ko’r-ko’rona idrok bilan shubhasiz ishonish mumkinmi?
Inson tashqi ta’sirlardan tashqarida qoladigan darajada madaniyat ichida ajralib qolishi mumkinmi?
Din siyosiy dasturni amalga oshirish uchun insonlarni boshqarish va manipulyatsiya qilish yo’li bo’lishi mumkinmi?
Din sizning shaxsiy hissiyotini yo’qotishga olib kelishi mumkinmi?
Siz bu blog haqida o’ylagandan keyin hali ham Islomga e’tiqodingizga to’lig’icha qat’iy bo’larmidim yoki shubhalar paydo bo’lar edi deb o’zingizga vijdonan aytishingiz mumkinmi? Agar siz hali ham e’tiqodingizda qat’iy bo’lsangiz, siz faqatgina hato qilishga yo’l qo’ymaydigan kuchli g’urur tuyg’usi tufayli musulmon bo’lishingiz mumkinmi? Sizning ortiqcha ishonchingiz aldanib qolishingizga olib kelishi mumkinmi?
Shunday bo’lsa sizning musulmon bo’lishdagi haqiqiy maqsadingiz nima? Bu haqiqatga aloqador masalami yoki bu sizning madaniyatingiz orqali tushuntirilishi mumkinmi?
Islom rivojlanishining ko’p qismi harbiy zabtlar va bolalar tug’ilishi orqali amalga oshirilgan. Bu e’tiqodga vijdonli yoki haqiqiy yondashuvmi?
Har qanday holatda ham Islomda shubhaga ega bo’lgan musulmonlar doim bo’lgan va ular Isoga ishonib sehrli ravishda bu qal’adan chiqib ketishga muvaffaq bo’lishgan. Men shuningdek blogimda shubha va qo’rquvlarini engishning boshqacha usullarini topgan sobiq musulmonlarning iqrorlari bor bo’lgan band qo’yganman.
Hulosa qilib men sizga shuni taklif etaman – ushbu iqrorlarni o’qing va undan keyin Hudodan sizga Isoni shunday qilib va shunday joyda ko’rsatishni so’rangki, siz Hudoga Parvardigor va Qutqaruvchi sifatida ishoning. Shundoq ham tushishingiz gumon bolgan jannatga qandaydir ravishda sizning tushishingizga halaqit beradi deb oylab, qo’rquv sizni bunday qilishdan to’htatmasin.
Hudo bilan qanday munosabatda bo’lish
jesusandjews.com/wordpress/2013/01/04/hudo-bilan-qanday-munosabatda-bolish/
Boshqa manbalar
jesusandjews.com/wordpress/category/islam/oʻzbek-musulmon/
jesusandjews.com/wordpress/2009/06/14/why-are-you-a-muslim-2/